«Yandeks» kompaniyasi Kiprning «TCS Group Holdings» kompaniyasi bilan «Tinkoff» va «Tinkoff suğurta» kompaniyalarini sotib oliş böyiça kelişuvga erişgan. Xolding Rossiyada maşhur bölgan «Tinkoff» bankining ta'sisçisi hisoblanadi.

Kelişuvga köra, «Yandeks» «Tinkoff»ning 100 foiz aksiyalarini sotib oladi. Tomonlar 5,5 milliard dollarga kelişgani aytilmoqda.

«TCS Group Holdings»ning London birjasi saytida qoldirgan xabariga köra, barça aktivlar hisob-kitob qilingaç, savdo-sotiq narxi aniq böladi. «Yandeks»da bu savdoning amalga oşirilayotganini tasdiqlaşdi. Kompaniya aksionerlari 5,48 milliard dollarlik savdoni tasdiqlaşgan.

Bu xabarlar paydo bölgaç, «Yandeks» aksiyalari 4 foizga, TSC aksiyalari 7 foizga qimmatladi.

Ma'lumot uçun, «Yandeks» iyunda «Sberbank» bilan hamkorlikni töxtatgandi. Ular hamkorlikda «Yandeks.Dengi» va «Yandeks.Market»ni yaratişgan. «Yandeks»ning moliyaviy direktori Greg Abovskiy kompaniya moliya bozorida yangi hamkorlar bilan işlaşga tayyorligini ma'lum qilgandi.

52 yoşli Oleg Tinkov mart oyida saraton bilan oğriganini ma'lum qilgandi. Oldinroq AQŞ hukumati unga 1 milliard dollar miqdorida soliqlarni yaşiriş böyiça ayblov e'lon qilgan.