Standart loyihasi “Buxgalteriya hisobi töğrisida”gi Qonunga muvofiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birxillaştiriş va sonini qisqartiriş maqsadida işlab çiqilgan.
 
Norma’ning yozişiça, yangi BHMS “Nomoddiy aktivlar” özida uçta hujjatni birlaştirdi:

  • 7-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahriri) (röyxat raqami 1485, 27.06.2005 y.);
  • 11-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlab çiqişlarga xarajatlar” (röyxat raqami 581, 28.12.1998 y.);
  • Moliya vazirining “Nomoddiy aktivlarni balansdan çiqariş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği (röyxat raqami 1539, 14.01.2006 y.).

BHMSning maqsadi mulk, xöjalik yuritiş yoki tezkor boşqaruv huquqlari asosida budjet, banklar va boşqa kredit taşkilotlaridan taşqari xöjalik yurituvçi sub'yektlarga tegişli bölgan nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettiriş uslubiyotini belgilaş hisoblanadi.
 
Quyidagilar nomoddiy aktivlar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:

  • tan oliş paytini belgilaş;
  • balans qiymatini;
  • foydali xizmat muddatini baholaş;
  • amortizatsiya hisoblaş usullarini belgilaş;
  • balans qiymatidagi boşqa özgarişlarni baholaş va hisobga oliş hamda ularning çiqib ketişidan moliyaviy natijalarni aniqlaş;
  • ular böyiça axborotlarni moliyaviy hisobotda oçib beriş tartibi.

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.