Vazirlar Mahkamasining “Umumiy örta ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2021-2025 yillarda ovqatlaniş tizimi mavjud bölmagan umumiy örta ta'lim maktablarida oşxonalarni taşkil etiş va jihozlaş körsatkiçlari tasdiqlanadi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

a) umumiy örta ta'lim maktablari oşxonalarida ovqatlantirişni taşkil etiş jarayonida oşxonalarda foydalaniladigan kommunal xizmatlar uçun tölovlar Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.

Bunda:

öquv yili boşlangunga qadar har bir ta'lim muassasalari böyiça kommunal xizmatlar uçun çeklangan har oylik körsatkiçlar xalq ta'limi hamda moliya bölimlari tomonidan belgilanadi;

çeklangan körsatkiçlardan ortiq foydalanilgan kommunal xizmatlari uçun tölovlar ijara oluvçilar tomonidan amalga oşiriladi.

b) umumiy örta ta'lim maktablarida oşxonalarni quriş va ta'mirlaş işlarini olib borgan xususiy tadbirkorlarga uzoq muddatli “nol” stavka bilan ijaraga beriladi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumiy örta ta'lim maktablaridagi mavjud faoliyat yuritmagan oşxonalarni töla quvvat bilan qayta işga tuşirgan holda, kelgusida ularni foydalaniş samaradorligidan kelib çiqib, 2021 yildan boşlab har yili 1 avgustga qadar kelgusi yil uçun oşxona va bufet mavjud bölmagan maktablarda quriş yoki böş turgan binolarni moslaştiriş böyiça manzilli dasturlarni tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.