Prezident «Byurokratik tösiqlar yanada qisqartirilişi hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga zamonaviy boşqaruv tamoyillari joriy qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgarişga köra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, şuningdek suğurta polisining haydovçi yonida bölmasligi transport vositalarini uşlab turişga asos bölmaydi.

Şuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan özgarişlarga köra, 16 yoşga tölmagan şaxslarni işga qabul qiliş vaqtida undan turar joyidan ma'lumotnoma talab qilinişi bekor qilindi.