Pandemiya şaroitida öqituvçilik – xavf eng yuqori bölgan kasblardan biri bölib turibdi. Boz ustiga, ayni paytda Özbekiston maktablarida işlayotgan yarim millionga yaqin öqituvçining 20 mingdan ortiği pensiya yoşida ekanini ta'kidlaş lozim.

Bundan taşqari, ayni paytda öqituvçilarda iş yuklamasi ortgan, ham maktabda öquvçilarga bilim berayotgan bölişsa, ham uyda öqiyotgan bolalarning bilim olişini nazorat qilib borişlari talab etilmoqda. Şunga qaramay, ularni qöşimça moddiy rağbatlantiriş töxtatib turilibdi.

Kasb bayrami, 1 oktabr – Öqituvçilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Kun.uz sohaning bir neça vakillari bilan suhbatlaşdi.

Feruza Mirzayeva

Ulardan biri – Mirzo Uluğbek tumanidagi 64-maktab ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Feruza Mirzayeva 38 yildan beri ta'lim tizimida faoliyat yuritadi.

Feruza Mirzayevaning aytişiça, oilada farzandlarga ota-ona qanday mas'ul bölsa, xuddi şunday mas'uliyat maktab ma'muriyatining ham zimmasida böladi.

«Maktabda 1 800 nafar öquvçiga nisbatan mas'uliyatlimiz. Ularning yaxşi bilim olişiga, yuriş-turişiga javobgarmiz. Har qança mas'uliyatli bölmasin, şu kasbni tanlaganim uçun heç qaçon afsuslanmayman», – deydi Feruza Mirzayeva.

Maktabning ona tili va adabiyot öqituvçilari Zumrad Muqimova, Diyora Saidova ham öqituvçilik maşaqqati haqida emas, köproq öquvçilarining natijalari bilan faxrlanişi haqida gapirişni ma'qul körişdi.

Zumrad Muqimova

«Dehqon öz mehnati hosilini bir yilda körsa, öqituvçi 10 yil deganda natijani körişi mumkin. U esa hali natijani, mehnatining hosilini körmasdan turib ham mehnat qiladi. Kasb maşaqqati mana şunda», – deydi Zumrad Muqimova.