"Bu yil Sizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, zahmatli mehnatingiz va fidoyiligingiz uçun minnatdorlik bildiriş, fursatdan foydalanib, hukumatimiz pedagoglar hayoti hamda faoliyatini yengillaştiradigan köplab qarorlarni qabul qilganini aytib ötiş menga alohida mamnuniyat bağişlamoqda", deb yozdi u.
Pedagoglar uçun imtiyozli ipoteka va ta’lim kreditlari joriy etildi, farzandlari oliy öquv yurtlariga öqişga kirişida yordam körsatiladigan böldi, imtiyozli aviaçiptalar, davlat xizmatlari tölovlarini ikki barobar kamaytiriş kabi qulayliklar yaratildi. Endilikda sertifikatga ega öqituvçilarga har oy 50 foizgaça ustama beriladi.
"Işonçim komil, yaqin kelajakda har bir öqituvçi munosib maoş oladi, bu kasbning obröyi esa yanada baland böladi. Bundan keyin ham jonajon Özbekistonimizda hamma — birinçi sinf öquvçisidan tortib, prezidentgaça öqituvçi kirib kelganida örnidan turib, doimo ehtirom körsatişini istardim! Bayramingiz muborak bölsin, aziz ustozlar! Hamişa yonimizda bölib, bizni töğri yölga boşlang!" - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

















