Bugun, 30 sentabr kuni AOKAda ötkazilgan brifingda qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş tizimidagi muammolar haqida ma'lumot berildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati rahbari Nigora Xöjayevaning aytişiça, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar va qayta işlaş korxonalari örtasida samarali hamkorlik taşkil etilmagan, ayrim korxonalarning 60-70 foiz uskuna va jihozlari ma'nan eskirgan.
Berilgan ma'lumotga köra, 2019 yilda yalpi oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 35,3 trillion sömni taşkil etgan bölsa, 2020 yilning 6 oyida 21,5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilib, sohaning sanoatdagi uluşi 16,7 foizni, yalpi milliy mahsulotdagi uluşi esa 4,6 foizni taşkil etgan. Lekin sohada hal qilinişi kerak bölgan muammolar ham bor.
“Qayta işlaş korxonalarining işlab çiqariş quvvatlaridan foydalaniş darajasi örtaçadan ham past darajada, xususan, meva va sabzavotlarni qayta işlaşda – 42 foiz, sutni qayta işlaşda – 45 foiz, göştni qayta işlaşda – 55 foiz, un mahsulotlari işlab çiqarişda – 55 foiz, yoğ mahsulotlarida – 48 foiz quvvatlardan foydalanilmoqda, xolos.
Bunga qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar bilan qayta işlaş korxonalari örtasida samarali hamkorlik taşkil etilmaganligi, ayrim korxonalarning 60-70 foiz uskuna va jihozlari ma'nan eskirganligi sabab bölmoqda”, - dedi u.
Xöjayevaning qayd etişiça, tahlillar respublikada oziq-ovqat sanoati sohasida mahsulotlarni qayta işlaş infratuzilmasi, qayta işlaş quvvatlari mavjud bölişiga qaramay, bor imkoniyatlardan töliq foydalanilmayotganini va yeçim topişi kerak bölgan muammolar borligini körsatgan.
“Respublikada xalqaro akkreditatsiyadan ötgan zamonaviy köp tarmoqli oziq-ovqat mahsulotlari sinov laboratoriyalarining yetişmasligi taşqi bozorda mahsulotlarni eksport qilişga salbiy ta'sir etmoqda.
Hozir hududlarda zamonaviy markazlaşgan köp ixtisosli oziq-ovqat laboratoriyalarini, xususiy sektorda akkreditatsiyadan ötgan laboratoriyalar sonini köpaytiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, ma'nan eskirgan qayta işlaş korxonalarini modernizatsiya qiliş, import örnini bosuvçi oziq-ovqat sanoati korxonalarni taşkil etiş çoralari körilmoqda”, - dedi Nigora Xöjayeva.

















