Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi mamlakatda sabzi narxi 2021 yilning iyun oyiga nisbatan 4-5 baravar arzonlaşgani, optimal minimum darajaga yetgani va 2022 yilgaça şu darajada saqlanib qolişi haqida ma'lumot bergandi. EastFruit tahlilçilarining fikriça, uşbu bayonot mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi.
«Özbekistonda sabzi narxi 2021 yilning iyuniga nisbatan 4-5 baravar arzonlaşdi»
Özbekistonda sabzining örtaça narxi EastFruit'ning 4 noyabr kuni ötkazgan narxlar monitoringi ma'lumotlariga köra, 1 kg uçun 4500 sömni taşkil etgan. Iyun oyida sabzi uçun eng yuqori narx 9 000 söm/kg bölgan, ammo uşbu darajada atigi bir hafta saqlanib turgan. Yangi hosil narxi iyun oyida örtaça 7500 söm/kg atrofida şakllangan bölsa, ötgan yilgi sabzi şu vaqt bozorda 4500 sömdan sotilgan.
Töğri, hozirda ba'zan kiçik hajmli ulgurji sotuvda 2500 söm/kg.dan sabzi topişingiz mumkin, lekin bu odatda mahsulot sifati böyiça standartlarning minimal talablariga javob bermaydigan mayda sabzidir.
EastFruit ma'lumotlarini bilvosita Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tomonidan Toşkent şahar Qöyliq bozorida ötkazilgan ulgurji narxlar monitoringi ham tasdiqlaydi.
Vazirlik ma'lumotlariga köra, qizil sabzining ulgurji narxlari 2021 yil 9 noyabr holatiga köra, sabzavot hajmiga qarab: maydasi 2500 sömdan 3500 söm/kg.gaça, örtaçasi 3500 sömdan 4000 söm/kg.gaça va yirigi 4000 sömdan 5000 söm/kg.gaça sotilmoqda.
Vazirlik meva-sabzavotlarning butun assortimenti uçun aynan past narx oraliğini tanlaş tendensiyasiga moyil. Ammo bu ma'lumotlar ham Qişloq xöjaligi vazirligi press-relizida e'lon qilingan narxlardan butunlay boşqaça narxlarni körsatmoqda.
Sabzi narxi 4-5 barobar arzonlaşgani haqidagi bayonot real voqelikni aks ettirmaydi. Eng yaxşi holatda, narx ikki yoki uç baravar pasaygan bölişi mumkin.
Qayd etilişiça, mahsulotning çakana narxlari özgarişi har doim ulgurji narxlar özgarişiga qaraganda kamroq ahamiyatga ega. Şu bois, Özbekistonda sabzining çakana narxi ham heç bir şaroitda 4-5 barobar arzonlaşa olmagan.

















