Ahvoli haqida
Intervyu boşida Navalniy kundan kunga özini yaxşi his qilib borayotgani haqida gapirgan: u beşinçi qavatga mustaqil kötarilmoqda, yaqinda u 10ta zinadan yuqoriga çiqa olmayotgandi, asosiysi u - aqliy qobiliyatini tiklagan.

U eng katta muammo sifatida uxlaşi qiyinligini aytib ötdi. «Men uyqu bilan muammosi bor odamlarning ustidan kulib yurardim, çunki mening özimda heç qaçon bunday bölmasdi. Ammo keyin komaga tuşdim, keyin anesteziya (oğriq seziş qobiliyatini yöqotiş), keyin dori-darmonlarni qabul qilişni töxtatiş. Hozir uzoq vaqt davomida özimni na tetik his qilaman, na uxlay olaman. Öşandan buyon men uyqu dorilarisiz uxlay olmayapman», degan u.

Hozirda u Berlinda rafiqasi va öğli bilan ijaraga olingan kvartirada yaşamoqda, qizi esa AQŞdagi öqişiga qaytib ketgan.

«Kundalik hayotim bir xil tarzda. Har kuni maşğulot qilaman, boşqa heç iş qilmayman. Ertalab parkni aylanaman, menga şunday yozib berişgan, keyin şifokor bilan maşğulot ötkazaman, keçqurun yana aylanaman. Kunduzi kompyuterda işlaşga harakat qilaman», deya tasvirlagan Navalniy özining kun tartibini.

Zaharlaniş oqibatlari haqida
Navalniy «Şarite»daligi vaqtida «oğir bemor»lardan biri bölganini aytib ötgan.

«Bir kuni tunda, hali reanimatsiyadaligimda, örnimdan turdim va tanamdagi barça nayçalarni suğurib oldim, qon oqib ketdi. Keyinroq, huşimga kelganimda, atrofimda turgan odamlarni tanidim va ular bilan gaplaşdim, keyin tutqanoq tuta boşladi. Men soğ ekanimni va mehmonxonaga ketişni istaşimni aytardim. Bir neça hafta ötib, bu ğalati xatti-harakatlarim zaharlaniş oqibati ekanini tuşunib yetdim», degan u.

Navalniyning sözlariga köra, şifokorlar u 90 foizga, balki 100 foizga tiklangani haqida aytişayotgani, ammo aslida heç kim aniğini bilmasligini ta'kidlab ötdi.

«Men hozir xuddi tajriba quyonçasi holatidaman - asab tizimini zararlovçi moddadan zaharlanib, keyin tuzalib hayotini davom ettirgan odamlar deyarli uçramaydi. Ehtimol hali men haqimda tibbiyot jurnallarida yozişar. Men öz tajribamni örtoqlaşişga qarşi bölmayman», deydi siyosatçi.