Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot OTMlarida qisman an'anaviy ta'limga qaytilmoqda
Oktabr oyidan tibbiyot OTMlarining bakalavriat yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an'anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an'anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, oktabr oyidan:
- Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari;
- Toshkent tibbiyot pediatriya instituti;
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
- Toshkent farmatsevtika instituti;
- Toshkent davlat stomatologiya instituti;
- Andijon davlat tibbiyot instituti;
- Buxoro davlat tibbiyot instituti;
- Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an'anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, OTMlarning bakalavriat yo‘nalishlari birinchi bosqich talabalari uchun ham 12 oktyabrdan boshlab an'anaviy shaklda oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinishi haqida ma'lum qilingan edi. Tanishuv darslari tugagach ular uchun o‘qish masofaviy tarzda davom etadi.
Mavzuga oid
20:12 / 27.06.2026
O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim muassasasi top-1000 talik ro‘yxatga kiritildi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
10:13 / 13.06.2026
Talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi tasdiqlandi
15:23 / 01.06.2026