BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi 8-sentabrdan boşlangan, 29-sentabrga qadar davom etadi. Oliy haftada esa doimgidek aʼzo mamlakatlardan prezident, boş vazir, taşqi işlar vazirlari hamda hukumat rahbarlari qatnaşadi. Özbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT oliy minbaridan nutq sözlaydi.
21-sentabr kuni BMT boş kotibi köplab delegatlar qatorida Saida Mirziyoyeva bilan ham uçraşib, muloqot qildi. Dastavval administratsiya rahbari yillik sessiya daftariga imzo çekdi, söngra esdalik uçun Guterriş bilan suratga tuşdi.
«Özbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barça hamkorlik yönalişlarini gaplaşdik», deydi Saida Mirziyoyeva özining şaxsiy sahifalarida.
Şuningdek, u xavfsizlikning barça asosiy jabhalarida Özbekistonni qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun Guterrişga minnatdorlik bildirdi.
Mirziyoyevaning nutqi AQŞ vaqti bilan 23-sentabrga töğri kelişi kutilmoqda. U Nyu Yorkda qator ikki tomonlama uçraşuvlar ham ötkazadi.















