“29 sentabr kuni Namangan şahrida istiqomat qilgan 35 yoşli marhuma Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davrida öz joniga qasd qilib, ustiga benzin yoqilğisi bilan yoqişi natijasida vafot etgan edi. MIB Namangan şahar bölimi iş yurituvida fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining 08.10.2019 yildagi hal qiluv qaroriga köra undiruvçi A.Djurayev foydasiga javobgar – marhumaning onasi M.Dadabayeva va uning oila a'zolarini Namangan şahar, Istiqbol MFY, 9-Boği eram köçasi 34-uydan majburiy tartibda köçiriş belgilangan edi.

Mas'ul xodimlar Majburiy ijro organlari sud va boşqa organ hujjatlari ijrosini ta'minlaydi va buni muhokama qilmaydi, lekin doim qarzdorlarga sud qarorini ixtiyoriy bajarişi uçun va haqiqiy ahvoldan kelib çiqib, insonparvarlik nuqtai nazaridan yondaşib kelinişini ta'kidladilar.

Qarzdor M.Dadaboyevaning uydan çiqiş ijro işi böyiça ijro harakatlari jami turli sabablar bilan 3 marta töxtatilgan, qolaversa ijro işi Byuroning Namangan şahar bölimiga 2019 yil noyabr oyida kelgan bölib, davlat ijroçilari 3 marotaba qarzdorning uyiga borib, öz ixtiyori bilan sud qarorini bajarişga undab kelgan.

Bu kabi sud qarorlari böyiça kimdir qarzdor, ikkinçi tomon esa, undiruvçi böladi. Uşbu ijro işi böyiça ham undiruvçi Axad Djurayev tomonidan sud qarori ijrosi ta'minlanmayotgani haqida köplab e'tirozlar va bir neçta şikoyat arizalari bildirilib, turli şaklda 30 dan ortiq murojaat qilingan”, – deyiladi MIB matbuot xizmati tomonidan Kun.uz saytiga taqdim etilgan ma'lumotda.

 Eslatib ötamiz, bu masala böyiça Senat raisi Tanzila Norboyeva öz munosabatini bildirdi.

“Bu holatni men mutlaqo qoralayman. Balkim bu örinda ayol qaysidir ma'noda nohaqdir, Majburiy ijro byurosi töğri talabni qöygandir. Lekin şunda ham ayolning holatini tuşuniş mumkin edi. Oddiy gaplaşganda ham kimdir çarçab qolgan, kimdir asabiylaşgan, kimdir özini tutolmayotganini seziş mumkin. Bu ham ayb emas, uning salomatligida qandaydir muammo kuzatilayotgan bölişi mumkin.

Mana şunday holatda Majburiy ijro byurosi özining içki qarori bilan ijroni ma'lum bir muddat keyinroqqa surişi, ayol öziga kelgaç, yaqinlari orqali tuşuntirib, söngra yana şuğullanişi mumkin edi.

Bu holatda Majburiy ijro byurosining ham xatosi bor, degan xulosaga keldim”, — dedi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida qilgan çiqişida.