Joriy yilning 3 oktabr kuni soat 11:10larda, Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani, “Oqtepa” mahallasi hududidan ötuvçi M-41 avtomobil yölining 1603-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1999 yilda tuğilgan S.S. tegişli hujjatlarsiz “Neksiya” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oşirgan holda “Jarqörğon-Termiz” yönalişi böylab boşqarayotib, quvib ötiş qoidalariga amal qilmasdan qarşisidan kelayotgan haydovçi, 1963 yilda tuğilgan R.Ş. boşqaruvidagi avtobus bilan töqnaşgan.


Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovçisi, 21 yoşli S.S. va uşbu avtomobil yölovçisi, 1999 yilda tuğilgan O.R. oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jarqörğon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















