«Otam Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlanib, biz Jizzaxdan Samarqandga köçib ötganimizda, bu şahar menda qanday taassurot qoldirganini juda yaxşi eslayman. Otam ozgina böş vaqt topdilar degunça bizga Samarqandni körsatar, tarixiy obidalar bilan taniştirar va buyuk tarixiy şaxslar haqida sözlab berar edi.

Böş vaqtimda tez-tez öşa qadimiy maskanlarni ziyorat qilar, buyuk qaxramonlar hayotini örganar edim. Şohi Zinda, Bibixonim, Registon maydonida yurar ekanman, xayolimda öşa tarixiy davrlarni tasavvur qilar edim. Göyo atrofimda bir neça asr oldingi hayot qaynayotgandek tuyulardi. Tasavvurimdagi öşa ajib voqealar xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan.

Bir kun kelib, imkoni bölişi bilanoq uşbu tarixiy şaxslar haqida biror film olinişiga öz hissamni qöşaman, degan niyat qilardim. Çunki, faqat filmlar orqaligina öşa manzarani tasvirlab beriş mumkin, deb öylardim. Bir söz bilan aytganda, mening tarixga bölgan qiziqişim aynan Samarqanddan boşlangan», dedi Mirziyoyeva taqdimotda.

U Özbekiston imijini xorijiy davlatlarda şakllantiriş, matbuot va tarğibot işlariga mas'ul sifatidagi faoliyati davomida, bundan bir yarim yil oldin hozirgi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Jaloliddin Manguberdi haqida turk hamkasblari bilan serial suratga oliş taklifi berilganini eslab ötdi.

«Albatta, biz bu ğoyani qöllab-quvvatladik. Çunki, afsuski, özbek milliy kinoçiligida tarixiy şaxslar, buyuk allomalarimiz hayotiga bağişlangan seriallar deyarli yöq darajada. Seriallar yaratilişi esa nafaqat tarixni örganiş, balki buyuk bobolarimiz hayoti bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi. Bunday seriallar har bir özbek millati vakilida milliy ğururni şakllantiradi, özbek xalqining qaddini yanada baland kötaradi», dedi u.

Uning aytişiça, serialning suratga oliş işlari pandemiya tufayli rejadan çiqib ketgan. Hatto bu yil yakuniga qadar işlar yakuniga yetmaydi degan xavotir ham bölgan. Lekin hozir hammasi öz örnida ketmoqda.

«Bugun uşbu serialning birinçi qismini namoyiş qildik. Albatta, bu serial turli bahs, munozara, balki tanqidlarga ham uçrar. Biz bunga tayyormiz. Biz fikrlar xilma-xilligini qöllab-quvvatlaymiz. Har bir fikrni hurmat qilamiz. Nima bölganda ham oldimizga qöygan har bir rejamizni oxiriga yetkazamiz. Bu loyihani ham uddalay oldik, deb öylayman», dedi Saida Mirziyoyeva.