Talabalarga qishki ta'til uchun chipta narxiga 50 foizlik chegirmalar qo‘llanmagani aniqlandi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ qishki ta'tilda talabalarga poyezd chiptalari narxiga 50 foizlik chegirma bermagani, chipta narxlariga amalda taqdim etilmagan xizmatlar puli qo‘shilgani, shuningdek, tizimdagi tadbirkorga tashish xizmatini amalga oshirish jarayonida ayrim qo‘shimcha xizmatlar taklif etilgani ma'lum bo‘ldi.
Bugun, 5 oktabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning «Uzbekistan Airways», «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamda «O‘zmetkombinat» AJ tomonidan ijro etilishi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bo‘yicha o‘rganishlar natijalari ma'lum qilindi. Unga ko‘ra, temir yo‘l sohasida raqobat muhitini rivojlantirish holatiga salbiy ta'sir qiluvchi omillar mavjudligi aniqlangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov tashkilot faoliyatida monopoliya tufayli kuzatilgan asosiy kamchiliklarni sanab o‘tdi.
«Bizga bir tadbirkor tomonidan murojaat bo‘lgan. Bu murojaat tekshirilganida, temir yo‘llarda tashish xizmatini amalga oshirish jarayonida ma'lum bir qo‘shimcha xizmatlarni tiqishtirish fakti aniqlangan.
Bu fakt asosida tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. O‘sha korxonadan 61,7 million so‘m miqdorida qo‘shimcha xizmat haqi undirilgani ma'lum bo‘lgan. O‘rganishlar natijasida aniqladikki, bu xizmatni tadbirkor buyurtma bersagina bajarishi kerak, buyurtma bermagan taqdirda esa tiqishtirishi noqonuniy hisoblanadi.
Ikkinchi kamchilik esa «SV» vagonlariga amalda sarflanmagan va iste'molchi tomonidan so‘ralmagan tovarlar kiritilgan. Bular - oyoq kiyimi va sovun. Ya'ni chipta sotilganda shu ikkita narsa narxi chipta puliga kiritilgan. Agar berilgan taqdirda ham bu iste'molchilarga tiqishtirish hisoblanadi.
Biz bu holatni ham aniqlab, bartaraf etdik. Agar hozir bu narsa davom etaverganda, taxminiy hisob-kitoblarimizga ko‘ra, iste'molchilardan 3,12 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar undirilgan bo‘lardi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qo‘mita raisi prezident farmoni bilan qishki ta'til davrida o‘quv yurtlarining buyurtmalariga binoan, kunduzgi bo‘limlarning talabalari uchun 50 foiz chegirma berilishi kerak bo‘lgani, lekin «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan bu chegirma qo‘llanmagan holda chiptalar sotilgani aniqlangan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ monopolist korxona bo‘lganini e'tiborga olib, xizmat ko‘rsatayotgan paytda iste'molchilarga ahamiyat berib kerak-kerakmas narsalarni tiqishtirmasdan, o‘z mavqeyini suiist'yemol qilmasdan ishlasa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», dedi Najmiddinxo‘ja Sharipov.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston | 11:07
-
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq
O‘zbekiston | 11:00
-
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
Jahon | 10:45
-
Toshkentda elektromobil yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:24
Mavzuga oid

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

00:22 / 09.02.2025