«Zanjabil ildizi tarkibida S, V1, V2 vitaminlari, alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari kabi mineral moddalar mavjud. Uning ta'sir qiluvçi moddalari şogaol va gingerol hisoblanadi. Bu moddalar antioksidant, yalliğlanişga qarşi, ösmalarga qarşi, antimutagen va boşqa xususiyatlarga ega.

Eksperimental izlanişlar zanjabil ildizining spirtli ekstrakti pnevmoniya va boşqa yuqori nafas a'zolarining yalliğlaniş kasalliklarida foyda berişini körsatgan. Lekin uni ham me'yorida iste'mol qiliş zarur, çunki u bolalarda va homilador ayollarda allergiya keltirib çiqarişi mumkin. Zanjabil koronavirus infeksiyasida asosiy dori vositalar bilan bir qatorda işlatilişi mumkin, lekin bir özi monoterapiya sifatida yordam bermaydi», dedi ştab a'zosi.

Imbir - zanjabil ilmiy tibbiyotda keng işlatiladi. Zanjabilning juda köp foydali xususiyatlari bölgani sababli nafaqat maza beriş, balki davolovçi ozuqa sifatida ham işlatiladi.

Şuningdek, koronavirus infeksiyasida doim ham öpka yalliğlanişi kuzatilmasligi ma'lum qilindi.

«Koronavirus infeksiyasi turli şaklda keçadi va doim ham öpka yalliğlanişini keltirib çiqarmaydi. Köp hollarda kasallik umuman simptomlarsiz keçadi va bunday bemorlarni tekşirişda organizmda heç qanday özgariş aniqlanmaydi», dedi Barno Abdusamatova.

Simptomlar mavjudligida quyidagi kasallik şakllari kuzatiladi:

  • yuqori nafas yöllarining şikastlanişi (rinit, faringit);
  • quyi nafas yöllarining şikastlanişi bilan (pnevmoniya).

Ta'kidlanişiça, pnevmoniyada öpka yalliğlanişi kuzatilişi mumkin, biroq köpçilik bemorlarda kasallik öpka şikastlanişisiz keçadi.