Qirğizistonda namoyişçilar talabi bilan korrupsiya uçun sudlangan sobiq boş vazir Sapar Isakov koloniyadan ozodlikka çiqarildi. Isakov Qirğiziston hukumatiga Almazbek Atambayev prezident bölgan vaqtda 2017 yildan 2018 yilgaça rahbarlik qilgan.
Şuningdek, namoyişçilar talabi bilan sobiq deputatlar Ravşan Jeenbekov va Sadir Japarov ham ozod etilgan.
Ayni vaqtda Bişkekda parlament saylovlarida yutqazgan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Namoyişlar 5 oktyabrda boşlanib, keçga yaqin namoyişçilar soni 6 mingga yetgan.
Avvalroq Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev namoyişçilar talabi bilan Qirğiziston davlat milliy xavfsizlik qömitasi tergov izolyatoridan ozod etilgandi. Namoyişçilar va milliy xavfsizlik qömitasi rahbariyati örtasida olib borilgan muzokaralardan keyin Atambayev ozodlikka çiqarilgan.


















