Xalq deputatlari Şofirkon tuman kengaşining navbatdagi sessiyada sektor rahbarlari yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan aholiga murojaat qilib, mavjud kamçiliklarni bartaraf etişga qaratilgan vazifalar böyiça yöl xaritasini taqdim etişdi. Tuman hokimi Şukrulla Hakimov qanday omillar sababli tumanning «qizil» hududlar röyxatiga qöşilib qolganligiga izoh berdi.

Birinçidan, hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019 yilda 340,7 milliard sömni taşkil qilib, aholi jon boşiga 1,9 million sömdan töğri kelgan. Bu körsatkiçning viloyat sanoatidagi uluşi atigi 0,6 foizni taşkil qilgan.

Ikkinçidan, 2019 yilda eksportga yönaltirilgan sanoat mahsulotlari hajmi 5,41 million dollarni taşkil etib, aholi jon boşiga 29 dollardan töğri kelgan.

Uçinçidan, tumanda mehnatga layoqatli aholining iş bilan band bölmagan qismi köpçilikni taşkil etadi. Tahlillar davrida tumandagi işsizlar soni 7 200 nafardan oşgani ma'lum bölgan.

Törtinçidan, fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş masalasi ham tumanning oğriqli nuqtalaridan bölib turibdi. 2019 yilda jami murojaatlarning faqatgina 25 foizi qanoatlantirilgan.

Qayd etilişiça, tumanda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojlantiriş böyiça ham işlar qilinmoqda. Xususan, tuman hokimi Hakimovning aytişiça, sanoat işlab çiqarilişining sustliga tumanda energiya resurslarining beqarorligi sabab bölmoqda. Şofirkonda elektr energiya ta'minotidagi uzilişlar, gaz bosimining pastligi sabab öz işini yölga qöyib olgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini Ğijduvon tumani, Kogon va Buxoro şahrida davom ettirişga majbur bölmoqda. Tumanning çekka hududda, magistral va temir yöllardan (eng yaqin stansiya 30 km) olisda joylaşgani ham iqtisodiy rivojlanişga tösqinlik qilmoqda.

Hududda yetiştirilayotgan paxta mahsulotlarini şu yerning özida qayta işlaş imkoniyati ham mavjud emas. Bugunga qadar yetiştirilgan paxta boşqa tumanlarda qayta işlangan. Tuman geografik joylaşuv jihatidan köproq qismi çöl hududida joylaşgan bölib, asosan paxta va ğallaga ixtisoslaşgan. Boğdorçilik, çorvaçilik, sabzavotçilik klasterlari, yirik issiqxona xöjaliklari taşkil etilmagan.

Yuqoridagi yöl qöyilgan kamçiliklardan kelib çiqib, tadbirkorlik muhitini rivojlantiriş va tumanni rivojlantirişga turtki böladigan yönalişlarni belgilab olingan. Tumanning qişloq xöjaligi salohiyatini oşiriş va intensiv boğlar taşkil etiş çoralari körilmoqda.