Yölovçilar endi tölovlarni yagona transport kartalari orqali amalga oşirişadi. Transport vazirligi Toşkent metropolitenining barça liniyalaridagi bekatlar va avtobuslarning barçasi elektron tölovni amalga oşiriş uçun mobil va statsionar validatorlar bilan töliq ta'minlanganini ma'lum qilgan.
Toşkent şahar jamoat transportida avtomatlaştirilgan tölov tizimining tölaqonli işlab ketiş jarayonini tezlaştiriş, şuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz keçiş maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan boşlab Toşkent metropolitenida jyetonlardan foydalaniş töxtatiladi. Transport vazirligi Toşkent şahri jamoat transporti avtobus va metropolitenda avtomatlaştirilgan tölov tizimini töliq joriy etiş böyiça işlar bosqiçma-bosqiç davom ettirilayotganini ma'lum qildi.
«Hozirgi kunda Toşkent metropolitenining barça liniyalaridagi bekatlar yöl haqi tölovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oşiriş imkoniyatini beruvçi statsionar validatorlar bilan jihozlandi.
Şu bilan birga, poytaxtimizda yölovçilarga xizmat qilayotgan «Toşşahartransxizmat» AJga qaraşli 1000dan ortiq avtobusning barçasi elektron kartalar orqali tölovlarni amalga oşiriş imkonini beruvçi mobil va statsionar validatorlar bilan töliq ta'minlandi.
Navbatdagi bosqiçda yölovçilarning yagona transport kartalari orqali yöl haqi tölovlarini amalga oşiriş kölamini kengaytiriş, avtomatlaştirilgan tizimning tölaqonli işlab ketiş jarayonini tezlaştiriş, şuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz keçiş maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan Toşkent metropolitenida jyetonlardan foydalaniş töxtatilişini ma'lum qilamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yöl çiptalarini sotiş şoxobçalari, infokiosklar, barça elektron tölov tizimlari, şuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali töldiriş imkoniyati mavjud.
«Hurmatli yölovçilar, endi siz şoxobçalar va kassalarga murojaat etib, ortiqça vaqt sarflaşingizga hojat yöq. Qolaversa, öz salomatligingizni asraş maqsadida ham yöl haqi tölovlarini naqd pul körinişida amalga oşirişdan voz keçing.
Yöl haqi tölovlarini yagona transport kartalari orqali amalga oşiring. Avtomatlaştirilgan tölov tizimi doirasida uşbu zamonaviy va yangi xizmat imkoniyatlaridan foydalaning», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 noyabrdagi «Umumiy foydalaniladigan transportda yölovçi taşişda yölkira haqini tölaşning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan Toşkent şahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yönalişlarida avtomatlaştirilgan tölov tizimini joriy etiş işlari doirasida 2020 yil 3 yanvardan e'tiboran yagona transport kartalari muomalaga çiqarilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi