"Men bunda qatnaşmayman va vaqtimni sarflamoqçi emasman", - dedi Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq Associated Press agentligi 15 oktabr kuni Tramp va Jo Bayden örtasidagi ikkinçi saylovoldi debati virtual şaklda ötkazilişi haqida xabar bergandi.
Qayd etilişiça, Trampda koronavirus aniqlangani sababli prezident debatlari böyiça komissiya ana şunday qarorga kelgan.
Tramp 2 oktyabrda özi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgandi. U uç kunni şifoxonada ötkazgaç, Oq uyga qaytdi.
7 oktyabrda Trampning şifokori prezident özini yaxşi his qilayotgani, uning qonida koronavirusga qarşi antitanalar topilganini ma'lum qildi.












