Rahimovaning aytişiça, amaldagi qonunçilikka muvofiq, strategik ahamiyatga ega bölgan xöjalik jamiyatlari va korxonalar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat korxonalari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz yo undan ortiq bölgan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladigan davlat xaridlari Özbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonuni bilan qamrab olinmagan. Yangi tahrirdagi qonunda ularning xaridlariga ham qonun talablari tatbiq etilişi közda tutilmoqda.

«Amaldagi qonunçilikda davlat buyurtmaçisining xarid qiliş tartib-taomillarini taşkil etiş va ötkaziş uçun mas'ul bölgan şaxsning kasbiy mahoratga ega bölişi kerakligi belgilanmagan. Şu sababli, yangi tahrirdagi qonun loyihasida şunga mas'ul bölgan şaxsning malakasini muntazam ravişda oşirib borişi vakolatli organ tomonidan taşkil etiladigan majburiy öqitiş orqali ta'minlanişi belgilanmoqda», — deydi Rahimova.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov davlat xaridlari sohasida mazkur sohada oçiqlik va şaffoflikni ta'minlovçi usullardan yetarliça foydalanilmayotganiga e'tibor qaratgandi.

Gulnora Rahimovaning bildirişiça, şu tufayli qonun loyihasiga benefitsiar mulkdor tuşunçasi kiritildi.

«Benefitsiar mulkdor – pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki kontrakt böyiça tovarlar (işlar, xizmatlar) yetkazib beruvçini amalda nazorat qiladigan jismoniy şaxs. Xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçilari va davlat xaridlari ijroçilariga özlarining benefitsiar mulkdorlarini oçiqlaş majburiyati yuklatilmoqda. Davlat xaridlarini amalga oşirişning barça turlari şu jumladan, tender (tanlaş) örnatilgan tartibda elektron şaklda ham amalga oşirilişi mumkinligi, tanlaş va tenderlarni elektron şaklda ötkazişda xarid komissiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofaviy tarzda ovoz berişga haqliligi belgilanmoqda», — deya qayd etdi u.

Davlat xaridlarning ma'lum bir qismida insofsiz raqobatga yöl qöyilgan holda bitta lotda iştirokçi va xarid qiliş tartib-taomillari iştirokçisining affillangan şaxslari tomonidan iştirok etiş holatlari mavjud bölgan.