Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi

Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 

U 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Avvalroq, Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi