M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş uçun tölov stavkalari jismoniy şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming söm) etib belgilandi. Bunga qadar bu miqdor BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm) edi.
Yuridik şaxslarga orqa yon oynani qoraytiriş uçun tölov miqdori özgarmagan – BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm).
Şuningdek, barça yon oynalar tusini özgartiriş tölovi ham avvalgidek saqlanib qoldi: bu turdagi ruxsatnoma jismoniy va yuridik şaxslar uçun BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming söm)ga tuşadi.
Ruxsatnomaning amal qiliş muddati – 1 yil.
Eslatib ötamiz, orqa yon oynalarga ruxsatnoma olmasdan parda örnatiş mumkin. Avgust oyida Içki işlar vazirligi şu masalada Oliy sudda yutqazgan edi.
Notöğri «tonirovka» ham jarima maydonçasiga tuşişga sabab bölişi eslatildi













