Tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, “AVTO IDEAL XIZMATI” MÇJ mansabdor şaxslari U.Nuriddinov, Q.Ryxsiyev hamda boşqa şaxslar 2019 yil 11 oktyabrdan 2020 yil 29 fevralga qadar avtomaşina turiga qarab mijozlardan 10 mln sömdan 80 mln sömgaça oldindan tölovlarni qabul qilib, yillik 5% tölov evaziga 1 yildan 5 yilgaça bölgan muddatga avtomaşina yetkazib berişni va'da qilgan holda, jami 1831 nafar fuqarolar bilan umumiy qiymati 148,4 mlrd sömlik transport vositasini yetkazib beriş haqida şartnomalar rasmiylaştirişga erişgan. Uşbu şartnomalar doirasida jami 34,7 mlrd söm pul mablağlarini jamiyat hisob raqamiga qabul qilişgan. Olingan pul mablağlaridan 24,6 mlrd sömini transport vositalari uçun tölov sifatida ötkazgan bölsa, 8,1 mlrd söm pul mablağlarini öz manfaatlari yölida sarflaşgan.

Jamiyat bilan mijozlar örtasida jami 1831 dona şartnomalar rasmiylaştirilib, fuqarolarning işonçiga kiriş maqsadida 219 nafar fuqarolarga transport vositasi yetkazib berilgan. Jamiyat mansabdor şaxslari tomonidan pul mablağlari özlaştirilişi oqibatida 1612 nafar mijozlar oldidagi majburiyatlar bajarilmagan.

Jinoyat işi böyiça jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida, boşqa mijozlarga yetkazib berilgan 24,6 mlrd sömlik 219 ta avtotransport vositalariga taqiqlar qöyilgan va xatlangan.

Tergov davomida yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida 602 mln söm pul mablağlari xatlanib, depozit hisob raqamiga saqlaş uçun topşirilgan.

2020 yil 05 oktabr kuni U.Nuriddinov, Q.Rixsiyev hamda S.Usmanovalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan ayblov e'lon qilinib, dastlabki tergov harakatlari tamomlanganligi taraflarga e'lon qilingan.

Hozirda jinoyat işini prokuratura organi orqali tegişli sudlovga oşiriş çoralari körilmoqda, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.   

Eslatib ötamiz, «Avto-Ideal-Xizmati» mas'uliyati çeklangan jamiyati mansabdor şaxslariga nisbatan Boş prokuratura huzuridagi departamentning Angren şahar bölimi tomonidan joriy yiling 17 mart kuni Jinoyat kodeksining