Sudda iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, majlisda dastlabki söz navbati arizaçi vakiliga taqdim etildi. «UzAutoMotors» AJ vakili Aleksandr Saxapov kompaniya faoliyatiga doir ma'lumotlarni keltirib ötdi. Söngra, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi (MQKQ) vakili Uluğbek Davlatov quyidagi savol bilan unga yuzlandi:

Uluğbek Davlatov

«1996 yilda «Özavtomotors» öz faoliyatini boşlagan bölsa, 10dan ziyod (avtomobil) modellar işlab çiqargan. Iqtisodiy jihatdan har bir texnologiyani eskiriş summasi böladi. Texnologiya 5 yoki 7 yilda eskiradi, amartizatsion xarajatlar töplangan holda yangi texnologiya olib kirişga yoki texnologiyani yangilaşga sarflanadi. 1996 yildan buyon 10dan ortiq model olib kirilgan bölsa, ularga ham 5-7 yildan oşib ketgan. Öşa muddati ötgan modellarni amartizatsion xarajatlari nimaga sarflangan? Kompaniya biznes rejasida «2ta yangi model kiritiş uçun bizga qöşimça pul kerak» deb körsatişgan. «Özavtomotors»da hozirgaça 5ta eskirgan model bor, demak, zaxirasida pul bölişi kerak. Şu pullarni nima qilişgan», — dedi u.

Aleksandr Saxapov

Saxapovning aytişiça, kompaniya maşinalari, xususan «Damas» işlab çiqarilganiga 14 yil bölgan, uning butlovçi qism va uskunalari bir neça bor yangilangan. Mablağlar esa uşbu uskunalarni samaradorligi va işlab çiqariş quvvatini ta'minlaş uçun qaytadan investitsiyalanadi.

«Bu ham investitsiya talab etadi. Men model butunlay yangilangan demoqçi emasman. Ammo, biz modellar qismlarini har yili yangilab boramiz», —deya javob berdi u.

Kompaniya vakili Nargiza Otaxonovaning aytişiça, ötkazilayotgan sud, qömita maxsus komissiyasi qarori va tekşiruvlarning sababi hukumatga kiritilgan ma'lumotnomadir. U Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi 2020 yil 12 martda Boş vazir örinbosari Sardor Umurzoqovga kiritilgan ma'lumotnomadagi barça vaji asossiz va soxta ekanini ta'kidladi.