Bu haqda Kun.uz 7 oktabr kuni Surxondaryo viloyatiga oid rasmiy Telegram-kanali orqali xabar bergan edi. Biz 9 oktabr kuni ham öşa muammo bartaraf etilmaganiga guvoh böldik.
Şu örinda bir tahlil. Ma'lumotlarga köra, bitta jömrakdan bir daqiqada 7-8 litr suv oqib ketadi. Boysundagi quvur yoriğidan örtaça önta jömrak suvi isrof bölyapti, deylik. Demak, daqiqasiga 70 litr suv isrof bölyapti.
Soatiga 4200 litr. Sutkasiga 100 800 litr.
Uç kunda 302 400 litr suv isrof bölyapti.
Biz özimiz guvohi bölgan uç kunni aytyapmiz. Vaholanki, öşa quvurning qaçon yorilgani ham noma'lum. Balki bir hafta, balki bir oy bölgandir...
Endi atigi uç kun davomida Boysunda isrof bölgan içimlik suvini pulga çaqib köraylik.
Masalan, Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumanida içimlik suvi 60-120 ming sömgaça sotib olib, iste'mol qilinyapti. Aytaylik, maşina örtaça 4 tonna suv siğimiga ega. 302 400 litr suvni törtga bölsak, 75-76 maşina böladi, ya'ni bu miqdor şunça xöjalik kami bir hafta davomida iste'mol qilişi uçun yetadi.
75 maşina içimlik suvi örtaça 100 ming sömdan hisoblangan taqdirda ham Boysunda uç kunning özida 7 500 000 sömlik suv ariqqa oqib ketyapti.
Uzoqqa bormaylik, Surxondaryo viloyatining özida suvga muhtoj, içimlik suvini naqd pulga xarid qilayotgan hududlar yöqmi?
Isomiddin Pölatov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi – Faxriddin Hotamov.
















