Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020 — 2030 yillarga möljallangan strategiyasida agrar soha taraqqiyotining muhim ustuvor yönalişlari belgilangan bölib, ularni hayotga tatbiq etişda huquqiy, iqtisodiy, işlab çiqariş munosabatlarini isloh qiliş bilan birga inson resurslarini rivojlantiriş ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir rivojlaniş strategiyasi zamonaviy fikrlaydigan, dunyoqaraşi keng, yangilikka moslaşuvçan, doimiy ravişda öz ustida işlaydigan, taşabbuskor hamda fidoyi xodimlar tomonidan amalga oşiriladi.
Uşbu maqsadlarga erişiş uçun professional kadrlar tarkibini şakllantirişda tanlov jarayonlarini takomillaştiriş, oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş, meritokratiya tamoyillariga asoslangan holda munosib va qobiliyatli şaxslarni işga qabul qiliş hamda xizmat poğonalari böyiça kötariş — kadrlar siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur yönaliş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi bilan hamkorlikda Qişloq xöjaligi vazirligi ilk marotaba markaziy apparatda mavjud bölgan vakant lavozimni eng munosib nomzodlar bilan töldiriş maqsadida oçiq mustaqil tanlov jarayonlarini ötkazdi.
Tanlov inson omilini kamaytiriş imkoniyatini taqdim etuvçi Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlarining yagona oçiq portali — vacancy.argos.uz orqali ötkazildi.
Oçiq tanlov bir neça bosqiçlardan iborat bölib, vakant lavozimlarga 405 ta nomzodning arizalari elektron tarzda qabul qilindi. Tanlovning keyingi bosqiçlarida nomzodlar ma'lumotlari Vazirlik tomonidan belgilangan malaka talablari asosida saralanib, ularning axborot texnologiyalarini özlaştiriş darajasi, şuningdek, soha böyiça bilim va malakalari test sinovlari hamda suhbat ötkaziş orqali baholandi. Tanlovda sohaga oid ilmiy darajaga ega, xorijiy tillarni mukammal özlaştirgan, yetarli bilim va könikmaga ega bölgan malakali mutaxassislar hamda iqtidorli yoş kadrlar tanlab olindi.
Tanlov natijalariga asosan 10 nafar munosib nomzodlarni Vazirlik markaziy apparatiga işga qabul qiliş böyiça Komissiya xulosasi qabul qilindi.

Hozirda Vazirlik tomonidan zamonaviy HR uslublarni amaliyotda qöllaş, tanlov jarayonlarining sifatini oşiriş, oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaşni yanada takomillaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olingan.

















