Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Ğofurjon Mirzayev bu haqda Xalqaro press-klubning 14 oktyabrdagi sessiyasida aytib ötgan.
«Toşkentliklar xafa bölmasin. Toşkentning kelajagi Sirdaryo deganman. Sababi – eng qulay yölda joylaşganmiz. Toşkent şahri baribir kengayadi, ertaga u yerdan zavod-fabrikalarni, ekologik tomondan ham, Toşkent şahridan köçirişga töğri keladi. Qayerga keladi şular? Albatta, uzoqroq hududga keladi», – dedi viloyat hokimi.
Mirzayev Sirdaryo aholisi turli hududlardan köçib kelganlardan iborat ekanini aytar ekan, bu jihat muammo tuğdirmasligini qayd etdi.
«Menga avval ham aytişgan: Sirdaryo çöllari özlaştirilganda aholi turli hududlardan kelgan va qaysidir ma'noda «terma jamoa» şakllangan, deyiş mumkin. Mana şunday viloyatni boşqariş qiyin emasmi, deb savol berişgan. Öşanda ham aytganman, yana bir marta qaytaraman, viloyatimiz aholisi turli joylardan kelib, şakllangan ekan, demak biz «ikkinçi Amerika», bölar ekanmiz», – deydi Sirdaryo viloyati hokimi.
















