Qaysi yönalişdagi oliy ma'lumot egasi 6 oy öqib, yurist bölib işlaşi mumkinligini bilasizmi?
|00:55 / 16.10.2020100 5376 min
Oliy yuridik ma'lumotga ega bölmay turib davlat idoralarida va boşqa taşkilotlarda yuridik xizmat xodimi bölib işlaş mumkinligidan köpçilikning xabari bölmasa kerak. Xöş, buning uçun nimalar talab etiladi?
Foto: FotoliaFoto: Fotolia
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-sonli qarori bilan Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida oliy ma'lumotli şaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilgan.
Mazkur kurslar davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib boriş uçun yetarli darajadagi bilim berişni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi öqitiş şakli hisoblanadi.
Kurslarda öqiş uçun quyidagi 79ta oliy ta'lim yönalişidan birini tamomlagan şaxslar hujjat topşirişi mumkin:
Bular:
1. Matematika öqitiş metodikasi – 5110100
2. Geografiya va öqitiş metodikasi – 5110500
3. Tarix öqitiş metodikasi – 5110600
4. Informatika öqitiş metodikasi – 5110700
5. Pedagogika va psixologiya – 5110900
6. Kasb ta'limi (yönalişlar böyiça) – 5111000
7. Özbek tili va adabiyoti – 5111200
8. Ona tili va adabiyoti (tillar böyiça) – 5111300
9. Xorijiy til va adabiyoti (tillar böyiça) – 5111400
10. Çaqiriqqaça harbiy ta'lim – 5111500
11. Milliy ğoya, ma'naviyat asoslari va huquqiy ta'lim – 5111600
12. Boşlanğiç ta'lim va sport-tarbiyaviy iş – 5111700
13. Maktabgaça ta'lim – 5111800
14. Jismoniy madaniyat – 5112000
15. Mehnat ta'limi – 5112100
16. Filologiya va tillarni öqitiş (tillar böyiça) – 5120100
17. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar böyiça)– 5120200
18. Tarix (mamlakatlar va mintaqalar böyiça) – 5120300
Mavzuga oid
19. Falsafa – 5120500
20. Dinşunoslik – 5120600
21. Jahon siyosati (mintaqalar böyiça) – 5120700
22. Şarq falsafasi va madaniyati – 5120800
23. Matematika – 5130100
24. Amaliy matematika va informatika – 5130200
25. Fizika – 5140200
26. Geografiya – 5140600
27. Madaniyat va san'at muassasalarini taşkil etiş hamda boşqariş – 5151700
28. Sotsiologiya – 5210100
29. Psixologiya (faoliyat turlari böyiça) – 5210200
30. Jurnalistika va axborot – 220000
31. Jurnalistika (faoliyat turlari böyiça) – 5220100
32. Arxivşunoslik – 5220300
33. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar böyiça) – – 5230100
34. Menejment (tarmoqlar va sohalar böyiça) – – 5230200
35. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni taşkil etiş (tarmoqlar böyiça) – 5230300
36. Marketing (tarmoqlar va sohalar böyiça) – – 5230400
37. Bojxona işi (faoliyat turlari böyiça) – – 5230500
38. Moliya – – 5230600
39. Bank işi – – 5230700
40. Soliqlar va soliqqa tortiş – – 5230800
41. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar böyiça) – – 5230900
42. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va ölkaşunoslik (mamlakatlar va hududlar böyiça) – 5231000
43. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari böyiça) – 5231100
44. Suğurta işi – 5231200
45. Pensiya işi – 5231300
46. Statistika (tarmoqlar va sohalar böyiça) – 5231400
47. Baholaş işi – 5231500
48. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi – 5231600
49. Kadrlar menejmenti – 5231700
50. Ijtimoiy soha menejmenti va inson resurslari – 5231800
51. Davlat va jamiyat boşqaruvi – 5240300
52. Energetika (tarmoqlar böyiça) – 5310100
53. Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari böyiça) – 5310600
54. Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar böyiça) – 5310800
55. Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti – 5330100
56. Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar böyiça) – 5330200
57. Axborot xavfsizligi (sohalar böyiça) – 5330300
60. Bino va inşootlar qurilişi (turlari böyiça) – 5340200
61. Şahar qurilişi va xöjaligi – 5340300
62. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilişi va montaji (turlari böyiça) – 5340400
63. Transport inşootlarining ekspluatatsiyasi (transport inşootlari turlari böyiça) – 5340600
64. Köçmas mulk ekspertizasi va uni boşqariş – 5340900
65. Qiymat injiniringi – 5341100
66. Telekommunikatsiya texnologiyalari («Telekommunikatsiyalar», «Teleradioeşittiriş», «Mobil tizimlar») – 5350100
67. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment – 5350300
68. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi – 5350400
69. Yer tuziş va yer kadastri – 5410700
70. Qişloq xöjaligida menejment – 5420100
71. Ijtimoiy iş (faoliyatning turli sohalari böyiça) – 5520100
72. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yönalişlari böyiça) – 5610100
73. Mehmonxona xöjaligini taşkil etiş va boşqariş – 5610200
74. Turizm (faoliyat yönalişlari böyiça) – 5610300
75. Ijtimoiy-madaniy faoliyat – 5610400
76. Sport faoliyati (faoliyat turlari böyiça) – 5610500
77. Taşişni taşkil etiş va transport logistikasi (transport turlari böyiça) – 5620100
78. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar böyiça) – 5630100
79. Hayotiy faoliyat xavfsizligi – 5640100
Tinglovçilarni qabul qiliş Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadigan örinlar miqdoridan kelib çiqqan holda va suhbat natijalariga köra amalga oşiriladi.
Suhbat yuridik kasbni tanlaşning asoslantirilişi, xuquq soxasidagi tayanç bilimlar va tahliliy fikrlaşni aniqlaş nuktai nazaridan ötkaziladi.
Kurslarda ta'lim oliş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Kontrakt qiymati ayni paytda 10 mln söm etib belgilangan.
Öquv jarayonlari 6 oy davom etadi. Öqitiş asosiyiş joyidan ajralgan holda taşkil etiladi.
Kurs yakuni böyiça tinglovçilarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmati töğrisida nizomning 7-bandiga köra, yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazida yuridik mutaxassislik böyiça qayta tayyorlaş kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan şaxs işlaşi mumkin.
Şunday ekan, 6 oy öqib turib ham davlat organlari va boşqa taşkilotlarning yuridik xizmatlarida yuridik xizmat xodimi, yuriskonsult, yuriskonsult yordamçisi va yuridik xizmat boşliği kabi lavozimlarda işlasa böladi.
Ayni damda kurslarga qabul davom etmoqda.
Kurs haqida qöşimça ma'lumotlarni Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar böyiça professional öqitiş markazi rasmiy sayti - centersul.uz saytidan oliş mumkin