Bunga qöşimça ravişda, şahar jamoat transportidan foydalanganda yölovçilarning sanitariya qoidalari va belgilangan karantin talablariga qat'iy amal qilişlarini ta'minlaş maqsadida Transport vazirligining avtomobil taşuvlari xavfsizligini ta'minlaşni nazorat qiliş boşqarmasi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus işçi guruh tomonidan transport infratuzilma obektlari va jamoat transportida kuçaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari ötkazilişi haqida ogohlantiriş berildi.
Vazirlikning ta'kidlaşiça, şahar jamoat transportidan foydalanganda yölovçilarning tibbiy niqobdan taşqari tibbiy qölqopda ham bölişlari haqidagi qat'iy talab joriy yilning 19 oktyabridan, ya'ni duşanba kunidan kuçga kiradi.
Uşbu talab joriy etilişi ma'lum qilinganidan söng jamoatçilik e'tirozlariga sabab böldi.
Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi F-5537-sonli farmoyişiga muvofiq, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasi taşkil etildi. Maxsus komissiyaga koronavirus böyiça epidemiologik vaziyatning yomonlaşişi ehtimoli belgilarini öz vaqtida aniqlaş va kasallaniş xavfini kamaytirişga qaratilgan profilaktik va epidemiologiyaga qarşi kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi yuklatildi.
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2020 yil 23 martdagi 176-son qarorida Maxsus komissiyaga zarur hollarda qöşimça, keçiktirib bölmaydigan tadbirlarni amalga oşiriş böyiça qarorlar qabul qiliş vakolati berilgan. Ammo bugunga qadar qabul qilingan hujjatlarda Transport vazirligiga Maxsus komissiyani çetlab ötgan holda mustaqil tarzda majburiy çora-tadbirlar belgilaş vakolati berilmagan. Maxsus komissiya esa hali tarqatib yuborilmadi. Hamma işni özining egasi qilgani ma'qul.
Şu örinda yana bir savol tuğiladi: Transport vazirligi bunday çora-tadbirlar belgilaşni kim bilandir kelişganmi? Yoki Soğliqni saqlaş vazirligi bu haqda tavsiya berganmi?
Uşbu talabning mantiqsiz joyi şundaki, JSST qölqopdan foydalaniş koronavirus tarqalişiga qarşi samarasiz va aksinça virus tarqalişiga xizmat qiladi, deya ta'kidlab turgan bir damda bizda qölqopning majburiy qilib belgilanayotganidir. JSST jamoat transporti va boşqa jamoat joylarida qölqop örniga taşrif buyuruvçilarning qöllarini dezinfeksiya qilişni

















