Ochig‘ini aytish kerak, ushbu so‘rovnoma deyarli barcha tuman-shaharlarning axborot xizmatlari yuritayotgan Telegram-kanallarda e'lon qilindi. Hamma ko‘proq ovoz to‘plashga, so‘rovnomani targ‘ibot qilishga oshiqdi. Xususan, Qashqadaryo viloyati Koson tumani targ‘iboti ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Masalan, «Nodira Kodirova» nomli Telegram foydalanuvchisi guruhlarda quyidagicha targ‘ibot qilgan: «Barcha MFYlar diqqatiga! Mana shu linkka ulanib, munosabat bildiring va ulanganingizni ma'lum qiling». «Mehroj Sharofiddinov» profili foydalanuvchisi esa «Ovoz bering va kuzatib boring tugmasini bosing, Kosonni tanlang», deb yozib qoldirgan. «Nodira Kodirova» yana «Barcha MFYlarga rahmat, ancha ko‘tarildi. Yana qattiqroq harakat qilaylik. Otryadlardagilar ketguncha terimchilarni o‘zlaringiz tashkil etgan telegramlarga tarqating. Viloyatda emas, respublikada ham Koson birinchi bo‘lishi kerak», degan.




Targ‘ibot shu darajaga borib yetganki, qarindoshlar guruhlarida ham tarqatish boshlangan...
Darvoqe, Kosondagi targ‘ibot o‘z «natijasi»ni ko‘rsatgan. Tez orada Koson tumani O‘zA so‘rovnomasida eng yuqori o‘rinlarga chiqib olgan.
Mahallalarga munosabat bildirish, kanalga ulanishga undagan «Nodira Kodirova» nomli foydalanuvchi kimligini bilish maqsadida Koson tumani hokimligi axborot xizmati rahbari bilan bog‘landik.
«Nodira Qodirova Koson tuman hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda u kishi mahallalarni ovoz berishga majbur qilgan mazmunida xabarlar tarqaldi. Men unday deb hisoblamayman. Bu holat birgina bizning tumanimizda kuzatilayotgani yo‘q-ku.
Shu o‘rinda OAV bilan ishlaydigan xodim sifatida fikrimni aytmoqchiman. Bunaqa so‘rovnomalarni o‘tkazishdan maqsad nima? Obunachilarni ko‘paytirishmi? Nega tumanning salohiyati ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab emas, internet tarmoqlaridagi so‘rov orqali aniqlanishi kerak? Bunda xolislik bo‘lmaydi»,

















