Toşkent şahar Transport boşqarmasi boşliği Anvar Jörayev jamoat transportida qölqop taqiş tartibi kiritilişi sababi haqida gapirdi. 

Uning sözlariga köra, bugungi kunda Toşkent şahrida 129ta yönalişda mingdan ortiq avtobuslar yönalişga çiqyapti. Avtobuslarda taşilayotgan yölovçilar soni 300 mingta, metropolitenda 130 mingtani taşkil qiladi.

«Yölovçilar koronavirusni yuqtirib oliş xavfi yuqori ekanini inobatga olib, Rossiya va AQŞ tajribalarini örganib, yölovçilarga bir martalik qölqoplarni tarqatib, 19 oktyabrdan avtobus va metroda qölqopdan foydalaniş talabi kiritildi.

Buning eng asosiy sababi – har bir yölovçi bir kunda örtaça 20-30 daqiqani transportda ötkazadi. Şu davrda yölovçilarimizga çiptaçilar, haydovçilar hamda metrodagi kassa va metro operatorlari tomonidan bepul bir martalik qölqoplar tarqatilmoqda. Metro, avtobus tutqiçlari qölqoplardan foydalangan holda uşlansa, kasallikni yuqtirib oliş xavfi kamayadi», dedi Anvar Jörayev 19 oktabr kuni AOKAda ötkazilgan brifingda.

U metropolitenning har bir vestibyuli, bekatida kuzatuv ötkazilganini, unga köra, antiseptik quyiş moslamasi örnatilgan bölişiga qaramay, undan foydalanganlar körsatkiçi, 5-10 foizni taşkil qilganini ta'kidlagan.

Brifingda jamoat transportida yölovçilarga tarqatiladigan tibbiy qölqoplar kimning hisobidan xarid qilinişi haqida ham ma'lumot berildi.

«Qölqoplar yölovçilar hisobidan emas, transport korxonalari tomonidan sotib olinmoqda. Har bir qölqop jufti 56 sömga tuşyapti. Buni metropoliten hamda «Toşşahartransxizmat» korxonalarining moliyaviy xöjalik işi oy yakuni böyiça u yerga ketgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi», dedi Toşkent şahar Transport boşqarmasi vakili.

SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonov ham jamoat transportida kölqopdan foydalaniş zarurati haqida gapirdi.

«Jamoat transportida tibbiy qölqopdan foydalanganda fuqarolar birinçi navbatda özini, ikkinçidan, yon-atrofdagilarni, boşqalarni kasallik yuqişidan himoya qiladi. Kasallikning yuqiş omili sifatida yuqori nafas yöllari, havo-tomçi yöllari bilan birgalikda maişiy muloqot yöllari qayd etiladi. Maişiy muloqot – qöl bilan oğiz-burun, közning şilliq qavatiga teginiş orqali virus yuqtiriş.