Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA «Sho‘rtan»ga qishki transfer oynasida taqiq qo‘yadi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktor vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevning telegramdagi kanalida yozishicha, «Sho‘rtan» klubi hali hamon qarzdorlik masalasida FIFA bilan aloqada bo‘lib turibdi.
«Klubning sobiq murabbiylari Igor Kriushenko hamda Vitaliy Varivonchik «Sho‘rtan»da qolib ketgan pullarini olish uchun bir necha yildan buyon kurash olib boradi. Bir necha kunlar avval FIFA «Sho‘rtan» uchun so‘nggi ogohlantirish berdi, biroq iqtisodiy muammolar girdobida bo‘lgan jamoa qarzlarni baribir bartaraf eta olmadi.
Endilikda FIFA «Sho‘rtan» uchun kelayotgan qishki transfer oynasiga taqiq qo‘yadi. Bizda qishki transfer 4 yanvar sanasida ochiladi hamda 12 mart kuniga qadar davom etadi.
So‘nggi 1 yildan buyon «Sho‘rtan» rahbariyati yaxshi ishlayapti. Buni jamoa qayd etayotgan natijalarda ham ko‘rish mumkin. Taxminan shuncha vaqtdan beri rahbariyat o‘zimizning murabbiylar, futbolchilar va boshqa ishchi-xodimlar bilan sudlashdi, ko‘plab muammolar hal qilindi. Biroq xorijiy mutaxassislar oldidagi pullar masalasini bugungi sharoit bilan hal etib bo‘lmaydi», - deya yozadi PFL rahbari.
Ma'lumot uchun, G‘uzor klubi Pro liga 12-turidan keyin 25 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Klub so‘nggi o‘yinida «Xorazm»ga mag‘lub bo‘ldi (1:0).
Mavzuga oid
21:30 / 17.07.2026
FIFA prezidenti Infantinoga 200 dan ortiq mamlakat ishonch bildirmoqda - OAV
19:17 / 12.07.2026
Infantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026