Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda asossiz ravishda tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yer uchastkalari ajratib berilgani ma'lum qilindi
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida Jizzax viloyati hokimining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.
Unda Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi tomonidan viloyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni kompleks ravishda o‘rganish yakunlari ham batafsil muhokama etildi.
Majlisda maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarga e'tibor qaratildi. Qolaversa, viloyatni rivojlantirish borasida kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarga urg‘u berildi.
«Toza ichimlik suvini yetkazib berishda hanuz kunning ma'lum vaqtlarida Arnasoy, Do‘stlik, Zafarobod va Forish tumanlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu esa xaqli ravishda aholining e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Viloyatning tuman markazlaridagi kanalizatsiya tizimlari 1970-1980 yillarda qurilgan bo‘lib, mavjud inshootlar va tarmoqlar ham o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va ta'mirtalab holatga kelib qolgan. Juda katta uylar qurilyapti, lekin kanalizatsiya tizimi ishlamayapti. Ulagan bilan foydasi yo‘q», dedi Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Tolibjon Madumarov.

Senator viloyatda asossiz ravishda tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yer uchastkalari ajratib berish holatlari haqida gapirdi.
«Qishloq xo‘jaligi maqsadi uchun yer olgan ijarachilarning yer ijara shartnomalariga qaraydigan bo‘lsak, juda katta muammo bor. Viloyatda yer elektron avtomatlashtirilgan tizim faoliyat olib boradi. Lekin bu tizimda faqatgina keraksiz, odam ololmaydigan, olsa ham foydasi tegmaydigan yerlar e-ijro’ga qo‘yib qo‘yilyapti. Lekin e-ijro bo‘yicha savdo bo‘ldimi desangiz, yo‘q, savdo bo‘lmayapti. Tumanning ichiga kirib, hokimning qarorini ko‘taradigan bo‘lsangiz, yaxshi, jozibador, ishlashi mumkin bo‘lgan yerlarga borsangiz, hech qanday e-ijro’siz hokimning qarori bilan berib yuborilgan. Hatto bu yerni bergani haqida viloyat, tuman budjetiga pul ham tushmagan. Masalan, bu bo‘yicha bevosita Sharof Rashidov tumanida 16ta, G‘allaorol tumanida 6ta qaror bilan, asossiz ravishda tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yer uchastkalari ajratib berilgan», dedi Tolibjon Madumarov.
Majlisda viloyatni o‘rganish yakunlari xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 10 sentyabrdagi sessiyasida tanqidiy muhokama etilgani, unda viloyat darajasidagi muammolarni hal etish bo‘yicha 75 banddan iborat «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangani ta'kidlandi.
Bundan tashqari, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi qayd etib o‘tildi. Bu borada mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari tinglandi va muhokama etildi.
Shuningdek, viloyatda o‘z yechimini kutib turgan respublika darajasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi hamda ularning ijrosi yuzasidan senatorlik nazoratini yo‘lga qo‘yish belgilandi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026