«Adolat» SDPga yangi rais saylandi
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abdurahimovich Abduxalimov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.

Bugun, 23 oktabr kuni «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumi bo‘lib o‘tmoqda.
«Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdan tashqari V-Plenumi kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.
Jumladan, partiya Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov Oliy Majlis Senati a'zosi hamda qo‘mita raisi etib tayinlangani munosabati bilan o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Plenumda «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Abduxalimov Bahrom Abdurahimovich saylandi», deyiladi partiya matbuot xizmati xabarida.
Bahrom Abduxalimov tarix fanlari doktori. 1959 yil 27 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.
O‘zR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
- Eslatib o‘tamiz, partiyaning avvalgi raisi Narimon Umarov 21 oktabr kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylangandi.
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainadagi xitoyliklar. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 20:36
-
Prada modalar uyi Versace brendini qariyb 1,4 mlrd dollarga sotib oladi
Jahon | 20:34
-
Dunyo milliarderlarining boyligi bir kunda rekord darajada - 304 mlrd dollarga ko‘paydi
Jahon | 20:26
-
Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralari yakunlandi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi

17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

15:00 / 17.10.2024