Bojxona qo‘mitasi kompaniyalarning bank siriga aloqador ma'lumotlarini olish vakolatiga ega bo‘lmoqchi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Foto: Pinterest
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Qonunning 8-moddasini (Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etish) beshinchi qism bilan to‘ldirish mo‘ljallanmoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat bojxona xizmati organlari bank mijozi bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining bankda mavjud bo‘lgan hisob raqamlari, omonatlari (depozitlari), ulardagi pul mablag‘larining qoldig‘i va operatsiyalar to‘g‘risidagi hamda bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar ijrosi bilan bog‘liq tegishli ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqli ekani belgilab qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Hisob palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, agar bu ma'lumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025