Koronavirus
AQŞdagi koronavirus bilan boğliq vaziyat debatning birinçi mavzusi böldi. Raqiblar bu borada turliça qaraşlarga ega ekanligini boşidanoq körsatişdi: Tramp sahnaga niqobsiz, Bayden esa niqobda çiqdi, töğri, keyin niqobni yeçib taşladi. U Trampni inqirozni rivojlantirişda aybladi. Baydenning ta'kidlaşiça, agarda çeklovlarni, masalan, niqob taqiş rejimini darhol joriy etganida, 100 ming kişining hayoti qutqarib qolingan bölardi – bu AQŞda koronavirus qurboni bölganlarning qariyb yarmi.

Tramp butun mas'uliyatni zimmasiga olişini, ammo iqtisodiyotni töliq lokdaunga jönatiş mumkin emasligini aytdi. «Biz şu bilan yaşaşni örganamiz, boşqa ilojimiz yöq. Biz Jo kabi yertölaga qamalib ololmaymiz», — dedi u. Prezidentning ta'kidlaşiça, Vaşington millionlab amerikaliklar ölib ketişining oldini olişga erişdi. Virusga qarşi vaksina ustida iş olib borilmoqda, u tez orada tayyor böladi. Tramp Bayden kasallikka qarşi kuraşda heç narsa qilmaganini va qat'iy karantindan jabr körişi mumkin bölgan iqtisodiyot töğrisida öylamaganini aytdi. 

Bayden vaksinaning tez vaqt içida tayyor bölişiga şubha bildirdi: «Bu sizlarga hammasi Pasxa bayramigaça tugaşini aytgan öşa yigit. Unda aniq reja yöq».

Rossiya bilan munosabatlar
«Moskva qöli» va saylovlarga aralaşuv debatning keskin mavzularidan biri böldi. Siyosatçilar bir-birlarini Kreml tomonidan qöllab-quvvatlanişda ayblaşdi. Tramp raqibidan farqli ölaroq, «Rossiyadan heç qaçon heç qanday pul olmaganini» aytdi. «Jo Rossiyadan 3,5 mln dollar olgan, pullar Putin orqali kelgan, çunki u Moskvaning sobiq meri, merning xotini bilan yaxşi munosabatda bölgan», — dedi u. Bayden unga javoban xorijiy davlatlardan «bir penni ham» olmaganini aytdi.

Tramp Qrim aynan Baydenning vitse-prezidentligi davrida Rossiyaniki bölganini ta'kidladi. U bundan taşqari, Rossiyaga qarşi faol sanksiyalar kiritganini va NATOni moliyalaştiriş oşişiga erişganini aytdi. 

Bayden Trampni Rossiya rahbariyati bilan AQŞ saylovlariga aralaşmaslikni muhokama qilmaganlikda aybladi. Uning sözlariga köra, hozirgi saylovlarga «Rossiya, qançadir darajada Xitoy va mana endi Eron ham aralaşgani» ma'lum böldi.