Jyenevada Liviyada öt oçişni batamom töxtatişga kelişib olingan. Hujjat ostida öz imzolarini tomonlar vakillari va BMT boş kotibining Liviya böyiça maxsus elçisi va missiya rahbari Stefani Uilyams qöygan.

Uilyams hujjatni imzolaş marosimidagi nutqida kelişuv özidan “Liviya ixtilofini tartibga solişdagi ilk muhim qadam”ni aks ettirişini aytgan. U tomonlarga yaraşuv haqidagi kelişuvni tuzişga imkon bergan sa'y-harakatlari uçun minnatdorlik bildirgan. Uilyams kelişuv liviyaliklarning azob-uqubatlariga çek qöyişiga umid bildirgan.

Ta'kidlanişiça, Liviyada öt oçişni töxtatiş rejimi kelişuv imzolanişi bilanoq kuçga kiradi. Tomonlar töqnaşuvlarning old pazitsiyalarida bölgan barça harbiy kuçlar va qurollangan otryadlar öz lagerlariga qaytişiga qaror qilişgan. Şu bilan birga, Liviyaning butun hududi xorijiy jangarilardan ozod etilişi kerak. Bu 3 oy içida amalga oşirilişi lozim. Öt oçişni töxtatiş rejimi BMT tomonidan terrorçi guruhlar deb belgilangan guruhlarga nisbatan amal qilmaydi.     

Uilyamsning ma'lum qilişiça, tomonlar 23 oktyabrdan boşlab to yangi hukumat şakllantirilgungaça barça maşğulot lagerlari öz işini töxtatişiga kelişib olişgan. Bundan taşqari, xavfsizlik ortidan kuzatiş uçun qöşma politsiya tuziladi. Tomonlar, şuningdek, yöllarning oçilişi hamda Tripoli va Bengazi örtasida muntazam havo aloqasi tiklanişini muhokama qilişgan.      

Liviyada Fayoz Sarroj boşçiligidagi Milliy kelişuv hukumati va marşal Halifa Haftar qömondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi örtasida uzoq vaqtdan beri qarama-qarşilik davom etib kelmoqda. Milliy kelişuv hukumatini Turkiya va Qatar, Liviya milliy armiyasini esa Misr va BAA qöllab-quvvatlab kelmoqda.