Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov sohada kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Vazirning ma'lum qilishicha, 2021 yil 1 yanvarga qadar qisqa muddatli pedagogik kurslar, sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
Shuningdek, 2021 yil 1 fevralga qadar «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, Respublika ta'lim markazi faoliyatini takomillashtirish sohalarida normativ huquqiy hujjat ishlab chiqiladi.
2021 yil 1 maydan boshlab esa «Uzluksiz kasbiy ta'lim» maxsus elektron platformasi ishga tushiriladi, NTT hamda OTMlarga xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish huquqi beriladi.











