Andijon viloyat hokimligi Sadbarxon Mamitovani ogohlantirdi
Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumani hokimi Sadbar Mamitovaga oid audioyozuv tarqalishi yuzasidan munosabat bildirdi va tuman hokimiga «ogohlantirish» berilganini ma'lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlardagi Bo‘ston tumani hokimi deya aytilayotgan audioyozuv yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Aniqlanishicha, haqiqatan ham audioyozuv Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga tegishli ekanligi, tumandagi soya yetishtiruvchi fermerlarning soya yetishtirish va uni yig‘ib olishdagi mas'uliyatsizligi oqibatida tumanda soya hosilini yig‘ishtirib olish ishlari bir muncha ortga surilgani ma'lum bo‘lgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman hokimi fermerdan nega soya hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olmasdan, soya korchyovka qilinib, yulib tashlangani yuzasidan izoh so‘ragan.
Tumanda soya o‘simligini yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishda sustkashlik qilayotgan hamda o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan fermerlarning faoliyati tuman hokimining e'tirozlariga sabab bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, tarqalgan audioyozuv uchun Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga viloyat hokimligi tomonidan «ogohlantirish» berilganini ma'lum qilamiz», deyiladi hokimlik munosabatida.
Ma'lum qilinishicha, Bo‘ston tumanida 108ta g‘alla va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga jami 36,5 tonna soya o‘simligi ekish va yetishtirish (500 gektar ochiq maydonga, 300 gektar g‘o‘za qator orasiga) belgilangan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqda Bo‘ston tumani hokimi yig‘ilishlardan birida fermerlarni haqoratli so‘zlar bilan kamsitayotgani aks etgan audioyozuv tarqalgandi.
Mamitova tumandagi fermerlarni «maraz», «iflos» deb haqoratlagan, soya o‘simligi bilan bog‘liq rejani bajarmagan fermerlarga 5 tonnadan soya topshirilmasa, yerini olib qo‘yish bilan tahdid qilgan.
Keyinroq Sadbarxon Mamitova mazkur audio yuzasidan Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida koronavirusga chalinib, ikki hafta davomida kasalxonada yotganini, sog‘ayib chiqqach esa, ruhiy holati yaxshi bo‘lmagani uchun stressda fermerlarga qattiqroq gapirgani va talab qilgani, og‘zidan shu gap chiqib ketganini ta'kidlagan. Shuningdek, u davolangan paytida tumandagi ko‘p ishlar orqada qolib ketganini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi
Jahon | 09:56
-
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
Jamiyat | 09:45
-
Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
O‘zbekiston | 09:30
-
Berbok Putindan o‘t ochishni so‘zsiz to‘xtatishni talab qildi
Jahon | 09:25
Mavzuga oid

08:09 / 14.01.2024
Andijonda gazballoni omborida yong‘in chiqdi

19:10 / 08.12.2023
Bo‘ston tumanidagi tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi

17:16 / 22.12.2022
Andijonda bulduruq hodisasi kuzatilmoqda (foto, video)

15:35 / 05.12.2022