Andijon viloyatining Böston tumanidagi tadbirda yupun kiyimdagi öquvçilar qatnaşgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab böldi. Böston tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilişiça, videoda aks etgan holat 7 dekabr kuni Böston tumani «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli yangi köça oçiliş marosimidagi tadbirdan olingan. Tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi hamda tuman hokimligi madaniy tadbir dasturidan bexabar bölgani sababli uşbu dasturga bolalar raqsi kiritilgan.

«Uşbu vaziyatda bolalar taşqarida 5 daqiqa bölganiga qaramay ularning salomatligi hamda xavfsizligini inobatga olib, mazkur salbiy holatga yöl qöygan tegişli mutasaddilar aniqlanib, intizomiy çora körilişi rejalaştirilmoqda», deyiladi munosabatda.

Şuningdek, maktab öquvçilari hamda maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari ta’limdan taşqari turli tadbirlarga jalb etilmasligi eslatib ötilgan.

«Xulosa örnida maktab öquvçilari hamda maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari ta’limdan taşqari turli tadbirlarga jalb etilmasligini, ob-havo harorati keskin özgargan vaqtlarda ularning salomatliklariga salbiy ta’sir qilişi mumkin bölgan omillar mavjud ekanidan kelib çiqqan holda kelajak avlodimizga ehtiyotkorona munosabatda bölişlari zarur ekanini ta’kidlab qolamiz», deyiladi xabarda.