Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik obektlarning yong‘in xavfsizligi pasporti ishlab chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yong‘in xavfsizligi qoidalari tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjatda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yong‘in xavfsizligi talablari nazarda tutilgan, deb yozadi Norma.
Qoidalarda yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablari belgilangan. Ularda ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obektlar hamda ma'muriy binolar uchun yong‘in xavfsizligi talablari qayd etilgan.
Qoidalarga muvofiq favqulodda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik ijtimoiy-madaniy obektlarda yong‘in-texnik komissiyasi tuzilishi, shuningdek obektning yong‘in xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi lozim.
Bino va inshootlar o‘rtasidagi yong‘inga qarshi oraliq maydonlardan materiallar, uskunalar va idishlar qo‘yiladigan ombor sifatida, transport vositalarining to‘xtash joylari uchun, bino va inshootlarni qurish uchun foydalanishga ruxsat etilmaydi.
1 000 ming nafar va undan ortiq odam sig‘imiga ega bo‘lgan muassasalarda eng yaqin yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon aloqasi o‘rnatilishi kerak.
Qoidalarda quyidagilarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha talablar belgilanmagan:
- o‘rmon xo‘jaligi hududlarida;
- kon qazilma va shaxta inshootlarida;
- portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;
- sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;
- havo, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportida.
Hujjat 21.10.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
-
Hafta oxirida bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:26
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

14:37 / 01.06.2024
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari e’lon qilindi

12:56 / 27.03.2024