Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonda politsiya maxsus bo‘linmalari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi
Foto: TASS
Chechenistonda Rossiya Ichki ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida otishma kelib chiqdi. TACC nashri huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib xabar berishicha, natijada ikki kishi halok bo‘lgan.
«Chechenistonning Achxoy-Martan qishlog‘idagi kafe yaqinida OMON va SOBR (Rossiya Ichki ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘linmalari) xodimlari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Natijada bir nafar Rossgvardiya xodimi va yana bir nafar fuqaro halok bo‘ldi. Hozirgi vaqtda jarohatlanganlar soni aniqlanmoqda», – deydi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra voqea joyida ishlayotgan tezkor-tergov guruhi otishma sabablarini aniqlashga urinmoqda.
Mavzuga oid
09:42
Putin Vengriya TIV rahbari Siyyartoga ikki harbiy asirni topshirdi
09:34
Putin YeIga gaz yetkazib berishni muddatidan oldin to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
09:14
O‘zbekiston–Rossiya strategik sheriklik masalalari muhokama qilindi
15:02 / 04.03.2026