Quyida şunga va şu kabi holatga tuşgan odamlarning özini qanday his qilişiga doir bir qança tuşuntirişlar keltiriladi.

Hid biliş muammolari tez-tez kuzatilmoqdami?
Bu haqda işonçli ma'lumotlar yöq. Ammo mavjud sönggi ma'lumotlar tahlilidan birida aytilişiça, bu koronavirusga çalingan yevropaliklar orasida har ikkinçi odamda, Osiyo mamlakatlaridagi bemorlarning esa 17 foizida kuzatilmoqda.

Umuman olganda sabab nima?
Bir neça nazariyalar mavjud:

  1. Burun şilliq qavati şişişi yoki burun tölib qolişi oqibatida hid uçun javob beruvçi molekulalar va ularni qabul qilib oluvçi retseptorlar örtasidagi aloqa tösilişi mumkin. Bu holat tumovga olib keluvçi virusli infeksiya kasalliklarida tez-tez sodir böladi. Uşbu nazariya bilan boğliq muammo şundaki, kovidning tumov alomatlari kuzatilmagan bemorlarida ham anosmiya va giposmiya rivojlanadi.
  2. Hid haqidagi ma'lumotni uzatişga javobgar bölgan asab hujayralari öladi, natijada bu ma'lumotlar miyaga yetib bormaydi. Bemorlarning katta qismida hid seziş qobiliyati asab hujayralaridan köra tezroq tiklanişi şubha uyğotadi. Bundan taşqari, koronavirus asab hujayralariga yopişib, ularning içiga kira olmaydi, çunki ularda koronavirusning hujayraga kirişida odatiy yölak vazifasini bajaruvçi maxsus «eşik»lar (ya'ni retseptorlar) mavjud emas.
  3. Virus miyaning hid uçun javob beruvçi qismlariga çuqurroq kirib boradi. Natijada, ularning faoliyati buziladi va hid sezilişi yöqoladi. Ammo bunda ham muammo şuki, yetkazilgan bunday şikastlar köp sonli bemorlarning tez qayta tiklanişiga imkon bermagan bölardi.
  4. Hid biliş tizimida qöllab-quvvatlovçi funksiyani bajaradigan hujayralar zararlanadi. Ular hidni qabul qilişning eng birinçi bosqiçida qatnaşadigan asab hujayralariga yordam beradi. Natijada asab hujayralari vaqtinça işdan çiqadi. Uşbu nazariyaning yana bir tomoni şundaki, qöllab-quvvatlovçi hujayralar yangi koronavirus uçun zarur bölgan retseptorlarga ega. Nazariy jihatdan, virus uşbu hujayralar orqali miyaning hidni taniş uçun javob beradigan qismlariga kirib, zarar kölamini yanada kengaytirişi mumkin.

Asab hujayralari tiklanişga harakat qilganda va hali kerakli darajada işlay olmagan vaqtda parosmiya paydo bölib, hidlar köngil aynitiş darajasida qabul qilinişi mumkin. Ammo, tan oliş kerakki, olimlar uning sabablarini örganişga kamroq e'tibor berişadi.