Sobiq siyosatçilar mamlakatda ötgan ommaviy noroziliklar vaqtida turmadan ozod etilgandi. Ta'kidlanişiça, ularga berilgan ta'til muddati 12 oktyabrda öz nihoyasiga yetgan.
“Sapar Isakov xalqaro qidiruvga berildi. Ayni vaqtda Isakov va Ibraimov çegarani kesib ötgani-yöqligi haqida ma'lumot yöq”, deb aytilgan xabarda.
Sapar Isakov Almazbek Atamboyev prezidentligi vaqtida 2017-2018 yillarda boş vazir lavozimini egallagan. Albek Ibraimov Bişkekka 2016-2018 yillarda mer bölgan.
Ularning ikkisi ham korrupsiya işi böyiça 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
10 oktyabrda Qirğiziston boş prokuraturasi sobiq prezident Almazbek Atamboyev va uning tarafdorlari ozodlikdan mahrum etiş joylarini noqonuniy tark etganlarini ma'lum qilgan va ulardan ixtiyoriy ravişda ortga qaytişlarini talab qilgan.

















