Farmonga ko‘ra, davlat obektlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi hamda davlat mulkini sotishda investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Davlat unitar korxonalari xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda ularning davlat aksiya paketi (ulushi) sotiladi.

Shuningdek, davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Farmonning 5-ilovasi bilan xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy saytiga joylangan ma'lumotga ko‘ra, mazkur ro‘yxatda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmatining 20 219 kv.m. maydonga ega sobiq markaziy binosi ham kiritilgan.