Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Narkologik kasallikdan majburiy davolanish faqat sud qarori asosida qo‘llanadi, bunda fuqaro bir yil ichida mast holatda yoki giyohvand modda ta'sirida huquqbuzarlik sodir etgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qonunga muvofiq, aholiga narkologik yordam davlat narkologiya muassasalari yoki litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Narkologik kasallikka chalingan shaxsni davolash uning yoki qonuniy vakilining yozma roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi (majburiy davolash nazarda tutilgan holatlardan tashqari).
Shaxsni majburiy davolashga muhtoj deb topish narkologiya dispanserlari tarkibidagi ixtisoslashtirilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy davolash sud qarori asosida qo‘llanadi.
Majburiy davolashning davomiyligi shaxs davolash uchun joylashtirilgan kundan e'tiboran 5 kunlik muddatda narkologiya muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan belgilanib, davomiyligi 18 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Majburiy davolanishda bo‘lishi davrida shaxslarni davolash maqsadida ularga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin.
Majburiy davolanib chiqqan shaxslarni ishga joylashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, mehnat organlari hamda narkologiya muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Qonunga ko‘ra, davlat:
- psixoaktiv moddalardan o‘tkir zaharlanish natijasidagi psixozlar chog‘ida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini;
- ambulatoriya va statsionar sharoitlarda maslahat berish-tashxis qo‘yilishini, davolashni, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
Qonun kuchga kirgach «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida»gi Qonun o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

07:36 / 14.07.2025
Narkologik kasallikka yo‘liqqan mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llanishi mumkin

21:25 / 09.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

12:11 / 29.05.2024