
Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021 yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi. Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi.
Loyihani «Universal Success Enterprises Limited» yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.









