Dastlabki qadamlar
Insoniyatga qirğinlar bilan birga bitmas ma'naviy jarohatlar yetkazgan ikkinçi jahon uruşi yakuniga köra, barça davlatlarning boşini qovuştiruvçi, eng muhim masalalar böyiça muzokaralar ötkazuvçi, uruşdan keyingi «öyin qoidalari»ni belgilab beruvçi hamda uning talablarini barça tan oluvçi taşkilotga zarurat borligi anglab yetildi.

Aslida «Birlaşgan Millatlar» degan atama bundan oldinroq – 1942 yilda «Birlaşgan Millatlar deklaratsiyasi» imzolanganda qöllangandi.

1945 yilning 26 iyunida 50 davlat iştirokida BMT nizomi tasdiqlandi va şu yilning 24 oktyabrida bu nizom kuçga kirdi (şundan buyon bu kun BMT kuni sifatida nişonlanadi).

BMT boş kotibi har 5 yil muddatga saylanadi va qayta saylanişi mumkin. Ayni paytda öziga xos jyentlmenlik kelişuviga (oğzaki va qat'iy bölmagan bitimga) köra, Xavfsizlik kengaşiga doimiy a'zo bölgan davlatlar boş kotiblikka öz nomzodlarini ilgari surmaydi. Sababi Xavfsizlik kengaşida doimiy örin ham davlatga juda köp imkoniyatlar beradi. Şuningdek, boş kotib saylanişida qit'alararo navbatga ham alohida e'tibor beriladi. 2017 yildan buyon bu lavozimni portugaliyalik Antoniu Guterriş egallab turibdi.

Boş Assambleya
BMT tuzilmasidagi eng yirik örinni Boş Assambleya egallaydi. Boş Assambleyada BMTga a'zolikka davlatlar qabul qilinadi, deyarli barça davlatlar vakillari iştirok etuvçi eng yirik tadbirlar ötkaziladi, Xavfsizlik kengaşining doimiy bölmagan a'zo davlatlari tayinlanadi. Eng muhimi – Boş Assambleya qarorlari barça davlatlar uçun majburiy hisoblanadi.

Har yili sentabr oyida navbatdagi sessiyasini ötkazadigan Boş Assambleyaning köplab qömitalari bor. Umuman, BMT sessiyalari navbatdagi, maxsus va favqulodda tartibda ötkaziladi. Maxsus va favqulodda sessiyalar odatda Xavfsizlik kengaşi taşabbusi bilan va şoşilinç vaziyatlarda (masalan, kasallik tarqalganda, kutilmagan harbiy harakatlarda) ötkaziladi.