Uşbu Qonun bilan MJtK 248-moddasining birinçi qismiga qöşimça kiritilib, unga köra, içki işlar organlari körib çiqişga vakolatli bölgan ma'muriy huquqbuzarliklar röyxatiga epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş(MJtK 54-modda) ham kiritildi.
Bu nimani anglatadi?
Ma'lumki, MJtK 54-moddasi ikki qismdan iborat bölib, birinçi qismda karantin şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş uçun javobgarlik nazarda tutilgan.
Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzişga oid huquqbuzarliklarni körib çiqişga içki işlar organlarini vakolatli etib belgilaş şundan dalolat beradiki, endilikda içki işlar organlari xodimlari fuqarolarning jamoat joylarida niqobsiz yuriş holati bilan boğliq ma'muriy işlarni ham davlat sanitariya nazorati organlari xodimlarining iştirokisiz, özlari mustaqil körib çiqa oladi.
Kodeksga kiritilgan sönggi qöşimçalardan şuni anglaş mumkinki, içki işlar organlarining quyidagi toifadagi xodimlari karantin qoidalarini buzişga oid huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga va ma'muriy jazo qöllaşga vakolatli etib belgilandi:
- tumanlar, şaharlar, şaharlardagi tumanlar içki işlar bölimlarining (boşqarmalarining) boşliqlari yoki boşliq örinbosarlari, şuningdek, transportda xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmalarining (bölimlarining) boşliqlari;
- metropolitenni muhofaza qiliş böyiça içki işlar bölimining boşliği yoki boşliği örinbosarlari;
- temir yöl vokzallari va aeroportlardagi bölinmalarning, içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlarining (boşqarmalarining) boşliqlari va boşliq örinbosarlari;
- içki işlar organlari tayanç punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari;
- yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining (Boş boşqarmasining) boşliği, uning örinbosarlari, yöl-patrul xizmatini hamda ma'muriy amaliyotni taşkil etiş va muvofiqlaştiriş bölimining boşliği, muhim topşiriqlar böyiça boş inspektor, inspektor (ma'muriy amaliyot böyiça), ma'muriy amaliyot bölinmasining (bölimining) boşliği, ma'muriy huquqbuzarliklar materiallarini körib çiqiş böyiça boş inspektor, katta inspektor (inspektor), yöl harakati xavfsizligi bölimining (bölinmasining) boşliği, davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yöl harakati xavfsizligi guruhining ma'muriy amaliyot böyiça inspektori, ular yöqligida esa içki işlar bölimining boşliği yoki uning örinbosari;
- yöl-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining örinbosari;

















